Янгиликлар

Davlat xizmatlar markazida xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYo bo‘limida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, murojaatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarining amaldagi talablar asosida tashkil etilganligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqarolarni qabul qilish tartibi, elektron navbat tizimining ishlashi, xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish, kutish vaqtlari, xodimlarning murojaatchilar bilan muomala madaniyati, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keksalar uchun yaratilgan qulayliklar alohida ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini raqamlashtirish jarayonlari, interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchaklari faoliyati, axborot stendlarining dolzarbligi va aholi uchun tushunarli tarzda joylashtirilganligi ham tahlil qilindi.

Slide 1 of 6