Янгиликлар

Sayyor o‘rganishda “Soya-salqin ko‘chalar” loyihasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan sayyor o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Andijon shahar “Soy” MFY Ko‘nchilik ko‘chasida 300 metr masofada “Soya-salqin ko‘chalar” tashkil etish rejalashtirilgan hudud ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, loyihani belgilangan tartibda amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.

Sayyor o‘rganishda doimiy komissiya raisi U. Shokirov, deputat A. Appaqov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov, Andijon shahar Ekologiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M. Zohidov hamda viloyat Ekologiya boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

Hududlarni obod etish, yashil maydonlarni kengaytirish va ekologik barqaror muhitni yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 3