Янгиликлар

Deputat saylovchilar oldida hisobot berdi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati, "Saidlar" saylov okrugidan saylangan deputat Nafisa Qurbonova tomonidan 2026-yilning II chorak yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot taqdim etildi.

🤝 Hisobot davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan faoliyat, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, saylov okrugida aniqlangan muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

📝 Shuningdek, uchrashuvda saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning ijrosini ta'minlash hamda amaliy yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

✅ Yakunda deputat kelgusida ham saylovchilar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, ularning muammo va takliflarini tizimli ravishda o‘rganish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirishini ta'kidladi.

Slide 1 of 2