"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Mazkur Qonun nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotida teng ishtirok etishi hamda to‘siqlarsiz muhit yaratishga qaratilgan. Qonunning asosiy maqsadi: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish; Teng huquq va teng imkoniyatlarni ta’minlash; Kamsitishning oldini olish; To‘siqlarsiz va qulay muhitni yaratish; Ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning
asosiy huquqlari: Ta’lim olish; Mehnat qilish va band bo‘lish; Sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmatlardan foydalanish; Reabilitatsiya
va ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanish; Axborot va kommunikatsiya vositalaridan erkin foydalanish Davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etish; Madaniyat, sport va dam olish tadbirlarida qatnashish.