Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 14-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat N.Murodov hamda Nurafshon mahallasi "mahalla yettiligi" hamkorligida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda mavjud davlat dasturlari imkoniyatlarini keng targ‘ib etish maqsadida targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi.
🔹Uchrashuvlar davomida fuqarolarga yangi ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish, imtiyozli kreditlar va subsidiyalardan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.
🔹Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining bandligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.