Янгиликлар

XALQ QABULXONASI FAOLIYATI VA QONUNCHILIK IJROSI OʻRGANILDI

Maʼlumot uchun: deputatlarni tashkilotlarga biriktirishdan maqsad — hududdagi idoralar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda ular faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdir.

📋 Oʻrganish kotibiyat tomonidan tuzilgan maxsus savolnoma asosida olib borilib, unda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun, Senat Kengashining KQ-360-V-sonli Qarori hamda Prezidentning PF–51-son Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi tahlil qilindi.

📌 Jarayonda shahardagi masʼul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash boʻyicha hisobotlarini eshitishni samarali tashkil etish holatiga alohida eʼtibor qaratildi.

✍️ Oʻtkazilgan tahlillar asosida hududdagi muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish hamda kelgusida shahar Xalq qabulxonasi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini ijobiy hal etish choralari belgilab olindi.

Slide 1 of 3