Янгиликлар

🔰Muammolar joyida o‘rganilmoqda.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati G.Anorboyeva “Nurliobod” MFY “yettiligi” aʼzolari hamda tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda ushbu hududida yashovchi aholi bilan mavjud masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔸Sayyor qabul davomida hududda yashovchi aholini qiynayotgan mavjud muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda fuqarolarning murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. 

🔸Har bir ko‘tarilgan masala yuzasidan mas‘ullar ishtirokida muhokama olib borilib, ularni qonuniy va qisqa muddatlarda hal etish choralari belgilandi.

Slide 1 of 3