Янгиликлар

Biriktirilgan tashkilotdagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova biriktirilgan Tuman pochta aloqasi bo‘limida bo‘lib, tashkilot faoliyati hamda mavjud muammolarni o‘rgandi.

Korxona muhandisi Nazokat Sharipova bilan muloqot davomida binoning ta’mirtalab holati, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda korxona atrofidagi hududni tartibga keltirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ish haqi pastligi sababli kadrlar yetishmovchiligi mavjudligi qayd etilib, aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Slide 1 of 1