Янгиликлар

Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Gʻallaorol tumanida soliq tushumlari va xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi

Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Gʻallaorol tumanida soliq tushumlari va xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi

Gʻallaorol tumanida mahalliy byudjet daromadlarining bajarilish holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi hamda amalda to‘lanishi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Bu jarayonda tuman davlat soliq inspeksiyasi faoliyati, soliq qarzdorligi holati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va murojaatlar bilan ishlash samaradorligi Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tomonidan diqqat markaziga olindi. Deputatlar tomonidan soliq turlari kesimida hisoblangan va amalda to‘langan summalar tahlil qilinib, soliq qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 7