Янгиликлар

Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.G‘afforov hamda tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Sh.Ikromov tomonidan Navbahor mahallasi, Ispandi qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro D. Shukorovning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Murojaatda fuqaroning yashash xonadoni yaqinidan o‘tuvchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i yaqinidagi daraxt shoxlari kuchli shamol vaqtida elektr simlariga tegib, uzilishlar hamda xavfsizlik bilan bog‘liq noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani qayd etilgan.

Mazkur masala Elektr tarmoqlari hamda tuman Ekologiya bo‘limi mutaxassislari ishtirokida ko‘rib chiqildi. O‘rganish yakunida, mavjud muammoni bartaraf etish, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda xavfsizlik talablariga rioya etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ijobiy yechim belgilandi.

Slide 1 of 2