Янгиликлар

“Dolzarb–90” loyihasi ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan ma’qullanib, Kengashning 25-sessiyasida tasdiqlangan “Dolzarb–90” loyihasi doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Loyiha ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva tumandagi 9-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish o‘tkazdi. O‘rganish davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tashkil etilgan mashg‘ulotlar hamda yozgi davrda olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Slide 1 of 1