O‘rganish davomida mazkur hudud buzib tashlanganidan so‘ng qurilish chiqindilari va boshqa qoldiqlar uzoq vaqt davomida olib chiqilmagani aniqlandi. Natijada hududning sanitariya holati yomonlashgani, atrof-muhit obodonchiligi va fuqarolar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani kuzatildi.
♻️Mazkur holat deputatlik nazorati doirasida o‘rganilib, hududni qurilish chiqindilaridan tozalash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar asosida hududni tartibga keltirish va xavfsiz muhit yaratish masalalari doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.
✅ Uch Qahramon mahallasida obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha nazorat ishlari davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!