Янгиликлар

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan dastlabki tartibda o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari Sh.Karimov va K.Mamanovalar tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi oldidan Toshkent mahallasi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar dastlabki tartibda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada "Ayollar daftari"da jami 107 nafar xotin-qiz ro‘yxatda ekani, shundan 10 nafari kasb-hunarga o‘qitilgani, 15 nafari bandligi ta’minlangani, 5 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani, shuningdek "Ayollar daftari"da turgan 2 nafar xotin-qizning farzandlari to‘garaklarga jalb etilgani qayd etildi.

Shuningdek, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4