Bugun, 9-iyul kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, shuningdek, viloyat studiyasidan hududdan saylangan senatorlar, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, tegishli tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.
Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.
Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati