Янгиликлар

Deputat o‘ziga biriktirilgan tashkilotda nazorat tartibida o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomoni tumanda yagona davlat moliyaviy va soliq-byudjet siyosatini yuritilishi, mahalliy byudjetni shakllantirilishi, ijrosini ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar tahlil qilindi.
Ta’kidlash joizki, deputatlik nazorati tadbirlari qonunlar ijrosini ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi hamda hisobdorligini kuchaytirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va fuqarolarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3