Янгиликлар

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva Ulug‘nor tumaniga tashrif buyurib, Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda doimiy komissiyalar ishini tashkil etish masalalari bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva Ulug‘nor tumaniga tashrif buyurib, Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda doimiy komissiyalar ishini tashkil etish masalalari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida tuman
Kengashi kotibiyatida doimiy komissiyalar raislari ishtirokida muloqot o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida doimiy komissiyalar tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan samarali nazoratni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, deputatlarning saylovchilar bilan muloqotini mustahkamlash, joylardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar bildirildi. Uchrashuv yakunida viloyat Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan doimiy komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish, qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyalarini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Mazkur muloqot mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish va aholi
manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
 

Slide 1 of 3