Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari hamda eskpert guruhi a'zolari tomonidan navbatdagi sessiyasi oldidan Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, dori-darmon ta’minoti, tibbiy jihozlardan foydalanish holati, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiyot birlashmasida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohaga oid ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.
Mazkur o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.