Янгиликлар

🚜 Deputat tashabbusi bilan yana bir muhim muammoga yechim topildi!

🚜 Deputat tashabbusi bilan yana bir muhim muammoga yechim topildi!
Baxmal tumani Temirqadam mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Dangara qishlog‘ining 3,5 km uzunlikdagi ichki ko‘chalari uzoq yillar davomida aholini qiynab kelayotgan masalalardan biri edi.
Fuqarolarning ko‘plab murojaatlari hamda deputat tashabbusi asosida mazkur ichki yo‘llarda asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilib, yo‘llar zamonaviy qiyofaga keltirildi.
Ushbu ezgu ishlar natijasida aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratildi, transport qatnovi yaxshilandi va mahallaning infratuzilmasi yanada rivojlandi.
Fuqarolar manfaatini ta’minlash, ularning murojaatlariga amaliy yechim topish hamda hududlarni obodonlashtirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3