Янгиликлар

DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashiga 9-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat Xasanova Durdona Otaxonovna hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi O. Akimova tomonidan Yangiobod mahallasi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida:
xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar;
bandlik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash;
muammolarni aniqlash va ularni hal etish choralari;
mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligi tahlil qilindi.
📍 O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 4