Янгиликлар

#Kotibiyat_mudiri #24_masala

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev Madaniyat mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan tanishdi.
Tashrif davomida mehnat migratsiyasidan qaytgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan tikuvchilik sexi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Mazkur yo‘nalishda xotin-qizlarni kasb-hunarga jalb etish, doimiy daromad manbaini yaratish va bandlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 1