Янгиликлар

Tuman hokimi, tuman Kengashi deputati o‘rim-yig‘im jarayonlari bilan tanishdi

Tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev hamda tuman IIB boshlig‘i E.Raxmatov hududdagi qishloq xo‘jaligi ishlari, xususan, g‘alla o‘rim-yig‘im jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Baxshitepa va Bog‘izog‘on agrofirmalarida bo‘ldi. Dalalardagi mavsumiy ishlarning borishi, texnikalarning samaradorligi hamda hosilni qisqa muddatda va sifatli yig‘ib olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, agrofirma dalalalarida kombaynlar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari uzluksiz faoliyat olib borayotgani ta’kidlandi. Mutasaddilar tomonidan o‘rim-yig‘im ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, hosilni sifatli saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tuman hokimi fermerlar va agrofirma rahbarlari bilan suhbatlashib, mavjud muammolar, hosildorlikni yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

#tuman_hokimi


Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2