Янгиликлар

BILARMIDINGIZ?

Xotin-qizlar masalalarini o‘rganish jarayonida:

✅ xotin-qizlarning murojaat va takliflari tinglanadi;
✅ bandlik, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish masalalari o‘rganiladi;
✅ ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar holati ko‘rib chiqiladi;
✅ oilaviy, ijtimoiy va maishiy muammolar yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlik qilinadi;
✅ zarur hollarda tegishli tashkilotlarga taklif va so‘rovlar kiritiladi.

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahallalarda xotin-qizlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari muntazam o‘rganib borilmoqda.

Maqsad — xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda sog‘lom, barqaror muhitni mustahkamlashga ko‘maklashishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!