Янгиликлар

#96_qonun

Tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev tomonidan Adas mahallasida faoliyat yuritayotgan Zamonaviy energotejamkor eshik-romlar ishlab chiqarish oilaviy korxonasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida korxonada ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari hamda mahsulot sifati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur faoliyat Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni asosida tashkil etilgan bo‘lib, mahalla hokim yordamchisining tavsiyasiga asosan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga faoliyati kengaytirilgan.
Shuningdek, tadbirkorga ishlab chiqarish hajmini oshirish va faoliyatni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3