Янгиликлар

Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 14-A. Ikromov saylov okrugi deputati D. Xamraqulov, Kengash kotibiyati mudiri G‘. Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Ismoilov tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida fuqaro tomonidan bildirilgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.

🧵 Murojaatda fuqaro chevarchilik faoliyatini kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit asosida 8 ta tikuv mashinasi xarid qilishda amaliy yordam so‘radi. Ushbu tashabbus amalga oshirilishi natijasida mahalladagi 8 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

🤝 O‘rganish davomida murojaatchi bilan suhbat o‘tkazilib, murojaatning mazmuni va uni amalga oshirish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

📝 Mazkur murojaat deputatning “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga belgilangan tartibda qayd etildi hamda tegishli choralar ko‘rilishi uchun mahalla hokimi yordamchisiga yo‘naltirildi.

✅ Murojaat ijrosi deputat tomonidan nazoratga olinib, uning ijobiy hal etilishi yuzasidan amaliy ishlar olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 2