Янгиликлар

Xotin-qizlar faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

Xotin-qizlar faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Bektemirov tomonidan O‘smat mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan 24 ta masala bo‘yicha nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, muammolarini hal etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda profilaktik ishlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3