Янгиликлар

Juma dehqon bozorida narx-navo va mahsulotlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlari M.Pardayev va D.Mardonova tomonidan Juma dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda bozordagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi, savdo jarayonlarining tashkil etilishi hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida bozor laboratoriyasida amalga oshirilayotgan tekshiruv jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Deputatlar tomonidan laboratoriya mutaxassislari bilan suhbat o‘tkazilib, mahsulotlarni nazorat qilish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda iste’molchilarga sifatli mahsulotlar yetkazib berish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

O‘rganish yakunida bozorda narx-navoning barqarorligini ta’minlash, mahsulotlar sifatini nazorat qilib borish masalalariga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3