Янгиликлар

Ichimlik suvi muammosi hal etildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining 9-Jomiy saylov okrugidan saylangan O‘zLiDeP deputati X.Abdulqayumov aholi bilan uchrashuvda ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqib, mutasaddi idoralarni jalb qilgan holda masalaga ijobiy yechim topdi. Bekobod shahar hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi A.Dadaboyev bilan hamkorlikda "Jomiy" MFY hududida aholi murojaatlari asosida ichimlik suvi bashnyasidagi nosozliklar bartaraf etildi hamda ichimlik suvini xonadonlarga yetib borilishi ta’minlandi. Bunday amaliy harakt uchun mazkur mahalla aholisi shahar Kengashiga va ijroiya hokimiyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.   

Slide 1 of 3