🔸jizzax shahridagi “Istiqlol” bolalar bog‘ida quvonchli va hayajonli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda umumtaʼlim maktablarini aʼlo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni tantanali topshirish marosimi tashkil etildi.
🔸Tantanali tadbirda xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K.Xolmurodov ishtirok etdi. Shahar rahbari o‘z so‘zida bugungi kunda yosh avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga to‘xtalib, medal sohiblarini, ularning ustoz va ota-onalarini ushbu ulkan yutuq bilan qutladi.
🔸Joriy o‘quv yilida shahardagi 31 ta umumtaʼlim maktabi va 3 ta ixtisoslashgan maktabni jami 3319 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Ularning orasidan o‘z bilim va intilishi bilan ajralib turgan 72 nafar yigit-qiz oltin, 11 nafari esa kumush medalga loyiq ko‘rildi.