Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig'ilishi o‘tkazildi. Unda doimiy komissiya a'zolari va Kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.
Yig'ilishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligining xatiga asosan, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan har bir mahalla bo'yicha tuman (shahar) hokimliklari, qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi organlari, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari vakillaridan, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari raislaridan iborat tarkibda jamoatchilik asosida ishlovchi ishchi guruhlar tashkil etilishi yuzasidan Хalq deputatlari tuman Kengashining qaroriga o‘zgartirish kiritish masalasi muhokama qilindi.
Yig'ilish yakunida doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.