♻️ “Ma’rifat” mahallasida sanitar holat deputat nazoratida.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev hamda shahar Kengashi deputati A.Xamidov ishtirokida “Ma’rifat” MFY hududida #chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganishning asosiy maqsadi:
📍 Hududdagi chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holatini tahlil qilish;
📍 Maxsus texnikalar harakati grafigiga rioya etilishini ko‘zdan kechirish;
📍 Chiqindi yig‘ish maydonchalarining bugungi holatini o‘rganish.
Muloqotlar davomida aholi tomonidan chiqindi tashish xizmati sifati bo‘yicha bildirilgan fikrlar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi korxona mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
📌Mas'ul: Kotibiyati mudiri, bosh mutaxaslar va deputatlar.