Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 8-Uzunqishloq saylov okrugidan saylangan deputati Odiljon Omonovga Uzunqishloq mahalla fuqarolari yig‘ini aholisi tomonidan hududdagi soy bo‘yiga turli xil maishiy chiqindilar va axlatlar tashlanayotgani, bu esa atrof-muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
📌 Mazkur murojaat asosida deputat tomonidan tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi mas’ul xodimlari bilan birgalikda hududga chiqib, holat atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida soy sohilida chiqindilar to‘planib qolganligi aniqlanib, bu holatni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.