Янгиликлар

Fuqarolar_murojaatlari – deputat nazoratida ✅
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi deputatlari Sh.Karimov hamda T.Abdiyeva hamkorlikda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish yuzasidan navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan takliflar, murojaatlar va mavjud muammolar tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish choralari belgilandi.

Shuningdek, murojaatlarning ijrosini nazorat qilish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Aholi bilan muloqot – muammolarga yechim sari muhim qadam.

| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |
Slide 1 of 3