Янгиликлар

Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Qo‘ytosh mahallasida aholi murojaatlarining hal etilish holatini o‘rgandi.Tadbir davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, xususan kadastr idorasiga oid masala atroflicha ko‘rib chiqildi. Mazkur murojaatning mazmun-mohiyati o‘rganilib, uni hal etish bo‘yicha tegishli tartibda amaliy ishlar olib borildi. Mazkur o‘rganish aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish, fuqarolarning huquqiy manfaatlarini ta’minlash hamda joylardagi muammolarni tizimli hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Slide 1 of 2