Янгиликлар

Mahalla yettiligi faoliyati 24 talik tavsiyalar asosida tanqidiy muhokama qilindi

Mahalla yettiligi faoliyati 24 talik tavsiyalar asosida tanqidiy muhokama qilindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "12-Nazarbek" okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovich o‘z saylov okrugidagi Latifguzar MFYda bo‘lib, mahalla yettiligi bilan navbatdagi uchrashuvini oʻtkazadi.

📁 Uchrashuv davomida deputat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–209-son qarori talablari hamda Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi faoliyatini atroflicha tahlil qildi.

💬 Xususan, mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi va yoshlar bandligini ta’minlash ishlari, hokim yordamchilari tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarni tungi yoritish darajasi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tanqidiy muhokama qilindi.

📊 Muhokama davomida mahalla yettiligi tarkibiga kiruvchi Uchtepa tuman Soliq boshqarmasi vakilining mahallaga kam tashrif buyurayotgani tanqid qilindi. Shuningdek, ijtimoiy xodim faoliyatini kuchaytirish zarurligi hamda yoshlar yetakchisining mahalladagi faoliyati yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani qayd etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, mahalla profilaktika inspektorining hududdagi jamoat xavfsizligi va videokuzatuv tizimlari holati bo‘yicha axboroti tinglandi. O‘rganish davomida mahalla hududida birorta ham videokuzatuv kamerasi o‘rnatilmagani keskin tanqid qilindi.

📇 Qayd etilishicha, Latifguzar mahallasida 504 ta xonadonda 4 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shunga qaramay, mahallaning 15 ta ko‘chasida videokuzatuv tizimi mavjud emas. Muhokama davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu ko‘chalarga kamida 30 ta zamonaviy videokuzatuv kamerasini o‘rnatish zarurligi alohida ta’kidlandi.

🗣 Yig‘ilish yakunida mahalla raisi hamda profilaktika inspektoriga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, belgilangan vazifalar ijrosini qisqa muddatlarda ta’minlash hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatga axborot kiritish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

🔼 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ham ishtirok etib, deputatlik nazoratini kuchaytirish, 24 talik tavsiyalar ijrosini ta’minlash hamda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Slide 1 of 6