Янгиликлар

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Eshamatova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalarning amaldagi holati, qabul qilingan qarorlar ijrosi, hududlarda mavjud muammolar hamda aholini qiynayotgan masalalar tahlil qilinmoqda. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan tegishli ma’lumotlar to‘planmoqda.

Mazkur o‘rganishlar natijalari asosida deputatlar tomonidan komissiya muhokamalarida asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ilgari surilishi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilangan.

Slide 1 of 4