Янгиликлар

🤝 Mahalla va tashkilotlar hamkorligi: aholi bandligi e’tiborda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari I.Qalandarov va S.Ahmedov Sharlauq mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi J.Quryazov bilan uchrashib, deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar va mahalla “yettiligi” hamkorligidagi kelgusidagi ishlarni muhokama qildilar.

Uchrashuvda mahallada joylashgan ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, xususan, “Damas” avtomobil zavodiga ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi korxonaga ishga qabul qilishda avvalo mahalla aholisiga ustuvorlik berish masalasi ta’kidlandi.

Aholini doimiy ish bilan ta’minlash, daromad manbaini kengaytirish hamda hududdagi muammolarni birgalikda hal etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.