Янгиликлар

#tavsiyalar
#tavsiyalar
#qaror_ijrosi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-28-69-2-208-K/26-sonli qaroriga muvofiq Maxtumquli MFY hududidagi Xalqobod va Bog‘ichinor ko‘chalarini asfaltlashtirish ishlari tasdiqlangan edi. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida belgilangan ko‘chalarda asfalt qoplamasi yotqizildi va yo‘l infratuzilmasi yangilandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hudud aholisi uchun transport harakati sezilarli darajada yengillashdi, piyodalar va avtomobillar harakati uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratildi.

Mahalla fuqarolari bajarilgan ishlardan mamnun ekanliklarini bildirib, uzoq yillardan buyon kutilgan ushbu obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganini minnatdorchilik bilan qayd etdilar. Aholi tomonidan yo‘llarning sifatli asfaltlanishi mahalla ko‘rkini oshirganligi, chang va loy muammolarining bartaraf etilganligi alohida e’tirof etildi.

Kengash qarorining o‘z vaqtida ijro etilishi mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilib, fuqarolarda amalga oshirilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 5