Янгиликлар

Deputatlik so‘rovi amalda: muammo ijobiy hal etildi!

Deputatlik so‘rovi amalda: muammo ijobiy hal etildi!

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatining murojaati asosida “Istiqlol” MFY aholisi tomonidan ko‘tarilgan masala o‘z yechimini topdi.

Joriy yilning 13-iyun kuni tuman hokimi o‘rinbosari nomiga mahalla hududidagi 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti oldidagi yo‘lni asfaltlashtirish yuzasidan aholi murojaati kelib tushgan edi. Murojaatda yo‘lning nosoz holati bog‘cha tarbiyalanuvchilari, ularning ota-onalari hamda mahalla fuqarolari uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etilgan.

Mazkur masala yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga asosan, Termiz tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada, 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti oldidagi yo‘lning ta’mirtalab qismlari ta’mirlanib, ko‘chaning 180 metr qismiga issiq asfalt yotqizildi.

Aholi murojaatiga befarq bo‘lmasdan, muammoni qisqa muddatda bartaraf etishga hissa qo‘shgan mas’ul tashkilotlarga minnatdorlik bildiramiz.

Slide 1 of 2