Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Nazorat tahlil

📌 Tashabbusli budjet loyihalari deputat va prokuror nazoratida
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashiga saylangan deputat X.Saidova hamda tuman prokurori boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan hududdagi “Tashabbusli budjet” jarayonlarida gʻolib boʻlgan loyihalarning ijrosi yuzasidan nazorat tahlili oʻtkazildi.
Oʻrganishlar davomida loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi, qurilish-taʼmirlash ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi holati joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirildi.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish boʻyicha masʼul ijrochilarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Slide 1 of 3