Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

BANDLIK MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA 🤝

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Nafosat Allaberganova tuman Kengashi huzuridagi “Ekspert” guruhi a’zosi P. Rahmonov bilan birgalikda Sharlauq mahallasida ish izlayotgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida fuqarolarga ishga joylashish tartibi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda bandlik yo‘nalishida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limining mavjud ma’lumotlar bazasi asosida fuqarolarga tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida aholini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berilib, bandlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 1