Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.

Tashrif davomida maktabda ota-onalar uchun yaratilgan sharoitlar, hujjatlarni qabul qilish jarayoni, sinf xonalarining tayyorgarligi hamda qabul ishlarining shaffof va tartibli tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.
Deputat maktab rahbariyati bilan suhbatlashib, qabul jarayonini amaldagi tartib va me'yoriy hujjatlar asosida sifatli tashkil etish, ota-onalarga qulaylik yaratish hamda murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish masalalariga alohida e'tibor qaratdi.

Shuningdek, ota-onalar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yosh avlodning sifatli ta'lim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni o‘rganish va ta'lim muassasalari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4