Янгиликлар

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev Nurobod mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev Nurobod mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat mahalla hududida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirib, mas’ul tashkilotlar va pudratchi korxona vakillari bilan suhbatlashdi. Jumladan, asfalt qoplamasini yotqizish jarayoni, ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, qurilish ishlarida sifat talablariga qat’iy rioya qilish, asfalt qoplamasining mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishi uchun barcha texnologik jarayonlarni belgilangan me’yorlar asosida bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 5