Янгиликлар

Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X. Mirzayeva o‘ziga biriktirilgan deputat Z. Mirzaulukovning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 25-Yakkabog‘ saylov okrugi hududida joylashgan “Mevazor” mahallasida bo‘ldi.
Tashrif davomida mahalla hududidagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda infratuzilma holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, masalalarni bosqichma-bosqich hal etish hamda deputatlik faoliyati doirasida nazoratga olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Aholi murojaatlari bilan ishlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2