2026-yil 17-iyun kuni Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nasibaxon Toychiyeva hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Talipovalar Andijon shahridagi “O‘rikzor” MFYda bo‘lishdi.
Uchrashuv davomida mahalla yettiligi tomonidan yil boshidan buyon aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tinglandi.
Shuningdek, kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi hamda mahalla idorasini ta’mirlash masalasini tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish orqali hal etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mahalla yettiligi faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Xalq bilan muloqot, muammolarga yechim va samarali hamkorlik — asosiy maqsad!