Янгиликлар

Xalq dutatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Olim Pardaev “Nafosat” MFYda fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi.

 Muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, mahalla hududida faoliyat yuritayotgan dorixonalar hamda 🍽 umumiy ovqatlanish obyektlarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan tanishildi. Xizmat ko‘rsatish jarayonlarida mavjud holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi tungi yoritish tizimining holati ham ko‘zdan kechirildi. Ayrim hududlarda eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish va yoritish tizimini yaxshilash masalalari yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli murojaatlar yuborildi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4