Farmon ijrosi deputat nazoratida
Xalq deputatlari viloyat Kengashiga 39-Sobirsoy okrugidan saylangan deputat G.Mirzayeva o'ziga biriktirilgan qonunlar o'rganishini o'tkazdi.
✍️ 2025 yil 19 maydagi PF–88-sonli “Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi Nurobod tuman Markaziy shifoxonasida o'rganildi.
🏃♂️ Farmon harakatlar dasturi bo'yicha quyidagi bandlar savolnoma asosida o'rganildi:
– sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish choralarining joylarda joriy etilgani va ijro samaradorligi;
– tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarining shaffofligi, manzilliligi va aholi ehtiyojlariga mosligi;
– zamonaviy tibbiy uskunalar, texnologiyalar va mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanganlik holati;
– tibbiy xizmatlarning tezkorligi, tashxis aniqligi va davolash sifatiga ta’siri kabi yo‘nalishlarda o‘rganish va tahlil ishlarini olib borish.
➡️Shuningdek, bemorlar bilan suhbat o'tkazilib, qanunchilikdagi yangiliklar yetkazildi.