Янгиликлар

Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati G.Xudaykulova tomonidan “Jo‘yjangal” mahallasi hududida joylashgan transformator atrofi xavfsizlik holati yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.

💬 Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan taqdim etilgan №38/301-sonli (2026-yil 19-iyun) rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mazkur hududda joylashgan transformator atrofidagi xavfsizlik bilan bog‘liq kamchiliklar bartaraf etilgan.

💬 Xususan:
🟢transformator atrofi temir panjara bilan o‘rab chiqildi;
🟢texnik xavfsizlik qoidalariga mos holatga keltirildi;
🟢aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

💬 Ta’kidlanishicha, ushbu ishlar natijasida hududda elektr xavfsizligi darajasi oshirilib, aholining, ayniqsa bolalar va yoshlarning hayoti uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar bartaraf etilgan.

Slide 1 of 6