Янгиликлар

Doimiy komissiya yig‘ilishida “Mening bog‘im” loyihalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🗂 Yig‘ilish kun tartibida 2026-yilda amalga oshirilgan “Mening bog‘im” loyihalari doirasida g‘olib deb topilgan tashabbuslarni moliyalashtirish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 Muhokamalar davomida doimiy komissiya hamda ekspert guruhi a’zolari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

✅ Bildirilgan takliflar inobatga olinib, mazkur masalani Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 3