Янгиликлар

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

​Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov tomonidan kuni kecha oʻrganilgan "Qirguli" mahallasi, Firdavs ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq murojaatlari yuzasidan Kadastr agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi Marg‘ilon shahar filiali boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.

​Mazkur so‘rov orqali fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi ko‘chmas mulklarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlari nima sababdan kechikayotganiga aniqlik kiritish maqsad qilingan.