✅Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 25-Sobirjon saylov okrugidan deputat Lazizjon Usmonov navbatdagi o‘rganishida tumandagi
“Nihol” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliq xodimi va ijtimoiy xodim tomonidan sohada olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
✅Muloqot davomida deputat mahallaning iqtisodiy-ijtimoiy drayverlarini rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlashda byurokratiyaga
yo‘l qo‘ymaslik va yettilikning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari kelishib olindi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi